Joriy yilning 13- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o‘rinbosari R. Jiyanov hamda To‘raqo‘rg‘on tumani statistikasi bo‘limi narx registratori A. Kamolovlar ishtirokida da INI (iste'mol) haftalik kuzatuvlari o‘tkazildi
Kuzatuv jarayonida tanlab olingan dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi hamda nooziq-ovqat maxsulotlari real narxlarini kiritishda zamonaviy planshet qurilmasiga o‘rnatilgan dasturiy ta'minotdan foydalangan holda amalga oshirildi.
Kuzatuv davomida boshqarma boshlig‘i R. Jiyanov tomonidan narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha narx registratoriga kerakli tavfsiyalar berildi.
Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar:
Axborot xizmati