Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida koʻrib chiqilgan taklif va tavsiyalarning Milliy statistika tizimi doirasida joriy etish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Innovatsion rivojlanish agentligi bilan tashkil etilgan tadbirda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining 9.5.1 va 9.5.2 indikatorlarni shakllantirishda idoraviy maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ushbu yoʻnalishda shakllantiriladigan maʼlumotlar toʻliqligini taʼminlash choralarini koʻrish masalalari muhokama qilindi.
Innovatsion rivojlanish agentligi masʼullari bilan innovatsiya va ilm fanga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish uchun tajriba almashish boʻyicha doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha ham kelishib olindi.
Kelgusida bajariladigan vazifalarni sifatli tashkil etish va YUNESKO statistika institutining (R&D) savolnomasini toʻldirishda Innovatsion rivojlanish agentligida mavjud maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha fikr mulohazalar almashildi.