17/03/2023

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 23- dekabrdagi PF– 270- son "2023- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2023-yil 23-martgacha uzaytiriladi:

12-narx (sanoat) shakli “Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari narxlari to‘g‘risida hisobot”,

12-narx (transport) shakli “Transportda yo‘lovchi va yuk tashish (uzatish) tariflari to‘g‘risida hisobot”,

12- narx (aloqa) shakli “Aloqa xizmati tariflari to‘g‘risidagi hisobot”,

12- moliya shakli “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot 

Shu bilan birga, statistika agentligining serverlari kechayu-kunduz ishlashini va Sizning hohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.