23/03/2023

📌 Joriy yilning 23- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi mutaxassisi Norin tumani Polvonko'l MFYda uy-joylarning tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylar kuzatuvini o‘tkazishdi. 

🏠 Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.

✅ Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar: