O’zbekistonda 2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 432 607 ta bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 429 031 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 83 104 ta
Samarqand viloyatida – 39 312 ta
Toshkent viloyatida – 38 146 ta
Farg‘ona viloyatida – 35 312 ta
Qashqadaryo viloyatida – 32 896 ta
Andijon viloyatida – 31 104 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 155 305 ta
sanoat sohasida – 77 068 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 185 ta
qurilish sohasida – 36 929 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 29 039 ta