24/03/2023

Namangan viloyatida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, viloyatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirish imkonini bermoqda. Buning natijasida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘lishmoqda.
Jumladan, joriy- yil yanvar-fevral oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 191,3 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 2,4 mln. AQSH dollariga ko‘paydi.

Tashqi savdo aylanmasi MDH davlatlarinig ulushi 95,2 mln. AQSH dollarini, boshqa davlatlarning ulushi 95,1 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar Rossiya 32,1%, Xitoy, 20,4 %, Qozog‘iston 9,6 %, Turkiya 7 %, Qirg‘iz respublikasi 4,1 %, Germaniya 3,9 % va boshqa davlatlarning ulushi 22,9 %ni tashkil etgan.

Shuningdek, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 42,9 %ni import hajmi esa 57,1 %ni tashkil etgan.