18/03/2023

Har yili Navro'z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o'tkazish yaxshi an'anaga aylangan.

Yurtimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari sifatida belgilangani bunga yaqqol misoldir. Zero, hashar kunlarida odamlar orasida o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg'araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hamda aholi turarjoylarini obod qilish va ko'kalamzorlashtirish, hududlar sanitariya holatini yaxshilash ishlari umumxalq harakati darajasiga ko'tariladi.

Hozirgi paytda hasharni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida barcha davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan puxta hozirlik ko'rilmoqda.

Xususan, mahalla, korxona hamda tashkilotlar hududlarini tozalash, guzar, ziyoratgoh va qabristonlarni tartibga keltirish, joylarda turfa xil daraxtlar hamda gul ko'chatlari o'tqazish, yangi bog' va gulzorlar barpo etish, mavjudlariga shakl berish yumushlari bajariladi. 

Ushbu xayriya hashariga Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham o'z hissalarini qo'shishib, faol ishtirok etishmoqda. Erta tongdan boshqarma xodimlari ushbu xayrli ishga o'zgacha tashabbus va shijoat bilan kirishdilar.

Yangilanish va yasharish faslida, ayniqsa tobora yaqinlashib kelayotgan Navro'z bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu hashar doirasida viloyatimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shilib, aholi ruhiyatiga o'zgacha ko'taringi kayfiyat baxsh etadi.

Jarayondan fotolavhalar: