17/03/2023

Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘zi ayyom taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. Joriy yilning 17- mart kuni erta tongdan Namangan viloyat statistika boshqarmasida doshqozonlarda sumalak qaynatildi.

Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan tadbir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir. Bu galgi sayl ham an’analar bilan bir qatorda yangiliklarga boy o‘tdi. Ayniqsa, xodimlar o‘zlari tayyorlagan she’r, qo‘shiqlari bilan hammani ko‘nglini shod etdilar.

Sumalak atrofida boshqarma yosh xodimlari xizmatda bo‘ldi. Sumalak pishirish asnosida milliy qadriyat va marosimlar, jumladan, sumalak tayyorlashning o‘zi qat’iy an’analar asosida ma’lum tartib qoidalariga amal qilingan holda bajarilishi yoshlarga uqtirildi.

Shuningdek, doshqozonda tayyorlangan o‘zbekona taom hisoblangan oshning davraga tortiq etilishi ko‘ngillariga xushnudlik olib keldi.

Bayram tadbirida milliy kuy-qo‘shiqlar yanada tadbirning shukuhini ko‘tarishga, yuqori saviyada o‘tkazilishiga olib keldi.

Fotolavhalar: