24/03/2023

2023- yil 24- mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O‘zbekiston Respublikasining 2023- yil 17-martdagi “Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida” O‘RQ-824-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 23- martdagi “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-son Qarorining manmun-mohiyatlari bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.