24/03/2023

Joriy yilning 24- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig‘i B. Qarshiboyev hamda Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayevlar Davlatobod tumani "Yangi-tong" MFYda uy-joylarning tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylar kuzatuvini o‘tkazishdi.

Kuzatuv dasturi asosida olib borilgan so‘rovnoma jarayonida uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.

Ushbu tanlama kuzatuvini o‘tkazishdan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.

Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar: