2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 142 206,0 t. uzum (2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 3,6 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 55,4 % i dehqon tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Namangan viloyati bo‘yicha uzum yetishtirish hajmi eng yuqori ulush Yangiqo‘rg‘on tumanida 51 818 tonnani tashkil etgan.