2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 168,0 ming t. go‘sht (2021- yilning yanvar – dekabriga nisbatan 4,4 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 85,7 % i dehqon tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
Hududlar kesimida yuqori ulush Namangan shahrida 34 526 tonnani tashkil etgan.