Viloyatimiz eksportyorlari tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 62,3 mln. AQSH dollari miqdorida 54 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 23 ta davlatiga eksport qilingan bo'lib, viloyat bo'yicha umumiy eksportning 76,0 % ini tashkil etgan. To‘qimachilik mahsulotlari asosan Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Polsha, Xitoy, Turkiya va Germaniya kabi davlatlariga eksport qilingan.