28/03/2023

So‘nggi yillarda yengil sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Yengil sanoat iqtisodiy jihatdan Namangan viloyati uchun muhim soha bo‘lgani holda, aholi bandligining yuqori darajasini, shuningdek, sanoat salohiyatiga hamda davlatimizning xalqaro nufuziga hissa qo‘shilishini taʼminlaydi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida sanoat korxonalari tomonidan 533,5 mlrd. so‘mni to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, eksporti tarkibida asosiy ulushni gazlamalar 6,9 mln. AQSH dollarini, trikotaj matolar 1,8 mln. AQSH dollarini, tayyor trikotaj kiyimlari 12,2 mln. AQSH dollarini  hamda tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 17,5 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.