2023- yil yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi 39.1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 mln.AQSh dollariga kamaygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 5,4 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 33,7 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati o’tgan 2 oyda 63 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, Viloyat tashqi savdo aylanmasidagi Xitoy respublikasining ulushi 20,4 % bilan Rossiya davlatidan keying o’rinni egallagan.