27/03/2023

2023- yil yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatning Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 61,4 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 41,6 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 17,0 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.

Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati o’tgan 2 oyda 63 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, Viloyat tashqi savdo aylanmasida Rossiya davlatining ulushi 20,4 % bilan  birinchi o’rinni egallagan.