29/03/2023

Joriy yilning 29- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

1-rais011222212

Tadbirni Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich ochib berib, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari  boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

2-7j1a6850

Shuningdek, shu yilning 30- aprelida yurtimizda boʻladigan siyosiy tadbir – referendumda fuqarolarning faol ishtirok etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

3-7j1a6839

Tadbirda taʼkidlanganidek, yangi Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga koʻpayadi va normalar soni esa 275 tadan 434 taga yetadi. Shu asosida 27 ta yangi moddalar qoʻshilishi kutilmoqda.

4-7j1a68425-7j1a6890

Yangi Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga, aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq boʻlgan normalar 4 barobarga koʻpaytirilmoqda. Bu oʻzgarishlar asosida mustaqil Oʻzbekiston – ijtimoiy, huquqiy davlat deb belgilanmoqda.

7-7j1a69047-7j1a6880

Ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari  va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulkchilik shakllarining qonuniy himoyasi ilgʻor jahon tajribasi asosida toʻliq shakllantiriladi.

7j1a6907

Matbuot xizmati