2022- yil yanvar-dekabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 29215,4 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 32,6 % ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 38812,9 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 43,3 % ni tashkil etdi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 21667,2 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 24,1 % ni tashkil etdi.