11/04/2023

Namanganda 2023- yilning yanvar–fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1094,4 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

✅ Oʼtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 193,8 mln. kVt soatga ko‘paygan. 2022- yilning yanvar-fevral oylarida 900,6 mln. kVt soatni tashkil etgan.

✅ Viloyat boʼyicha jami ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Toʼraqoʼrgʼon tumani hissasiga toʼgʼri keladi.

Maʼlumot oʼrnida, 2023- yilning yanvar–fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 15,4 ming. gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 ming. gkalga ko‘paygan