12/04/2023

✅ Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida jami 686,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 90,1 % ni tashkil etdi.

✅ Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

♻️  Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

Yirik qurilish tashkilotlari - 4,5

Norasmiy sektor - 22,0

Kichik korxona va mikrofirmalar - 73,5

✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.