2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 483 554 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 69 897 tani tashkil qildi (ulushi 14,5 foiz).
Faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etildi:
Qashqadaryo viloyati – 9 361 ta
Farg‘ona viloyati – 8 668 ta
Toshkent shahri – 8 607 ta
Samarqand viloyati – 6 371 ta
Surxondaryo viloyati – 5 623 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 30 467 ta
sanoat sohasida – 11 553 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 5 656 ta
qurilish sohasida – 4 640 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 634 ta