2023-yilning yanvar-fevral oylarida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 12427,4 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 8201,1 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 66,0 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 2549,8 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 20,5 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 1676,5 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 13,5 % ni tashkil etdi.