2023- yilning 1- aprel holatiga Namangan viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 24 488 tani tashkil etib, hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes subyektlari Namangan shahrida (31,8 foiz), Chust (8,3 foiz), Pop (7,3 foiz), Uchqo‘rg‘on (6,9 foiz), Uychi (6,5 foiz) va To‘raqo‘rg‘on (6,4 foiz) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu tumanlarda jami kichik biznes subyektlari sonining 50,0 foizdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda.