2022- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 16 055,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 4,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 40,3 % ni tashkil etdi.