Joriy yilning 27- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023- yil I chorak yakunlari bo‘yicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti vakillari, tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Statistika agentligi oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023- yil I choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo’yicha ma’lumot berildi.
Onlayn tashkil qilingan ushbu Hay’at yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Matbuot xizmati