30/04/2023

O‘zbekiston Respublikasining demografik holatini aks ettiruvchi statistik ko‘rsatkichlar har chorakda tahlil qilinib, doimiy ravishda foydalanuvchilar eʼtiboriga havola qilib borilmoqda.

Rasmiy statistik maʼlumotlar Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari hamda turli foydalanuvchilarning talablariga muvofiq doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.

Shuningdek, rasmiy statistik ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida shakllantirishda maʼmuriy hududiy birliklarning o‘zgarishini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Maʼlumki, Namangan shahri hududida alohida maʼmuriy boshqaruvga ega bo‘lgan Yangi Namangan tumani va Davlatobod tumani tashkil etilgan.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 1- aprel holatiga ko‘ra Namangan shahri hududida yashovchi 158,7 ming nafar aholi Yangi Namangan tumani aholisi va 156,2 ming nafar aholi esa Davlatobod tumanining doimiy aholisi sifatida ko‘rsatilgan.

Ushbu holatlar Yangi Namangan tumani va Davlatobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda muhim o‘rin tutadi.