30/04/2023

 Bugun yurtimizda xalqimiz va jamiyat hayotida muhim oʻrin tutadigan, ertangi yorugʻ kelajakni taʼminlaydigan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha REFERENDUM oʻtkazildi.

Namangan viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham barcha yurtdoshlarimiz kabi ushbu siyosiy tadbir – referendumda  faol ishtirok etib, oʻz fuqarolik burchini chuqur anglab, siyosiy yetukligini namoyon etishdi.

Taʼkidlash lozimki, referendum asosida yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning farovon yashashiga xizmat qiladi. Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar har bir insonning emin-erkin hayot kechirishi va faoliyat yuritishi uchun asosiy dasturilamal boʻladi.

Jarayondan fotolavhalar: