2023- yil 19- aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i S.Melixujayev va uning o‘rinbosarlari B.Xoliqov, R.Jiyanov hamda bosh yuriskonsult B.Ismatullayevlar ushbu illatga qarshi kurashish va barham berish siyosati davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi lozimligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi chora-tadbirlar orqali amalga oshirilishini va korrupsiyaga nisbatan birgalikda kurashishimiz hamda keskin murosasiz munosabatda bo‘lishimiz lozimligi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tishdi.