10/05/2023

Joriy yilning 10- may kuni Namangan viloyati statistikasi boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov Chortoq tumanidagi 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi.

Statistika agentligining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan yilda bir marta 4-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish belgilangan.

📝 Jumladan, joriy yilning 10- may kuni Namangan viloyati statistikasi boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov Chortoq tumanidagi 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, B. Xoliqov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlar kerakli topshiriqlar berdi.

Jarayondan fotolavhalar: