2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YAHM 7 843,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2022- yilning yanvar-mart oylari ma’lumotlariga nisbatan 5,4 % ga ko‘pdir. YAHMning o‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,9 %, sanoatda 104,3 %, qurilishda 104,9 % va xizmatlar sohasida 106,0 % kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.