So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, viloyatimzda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 831 mingtaga yetdi. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 10,3 mingtaga yoki 1,3 % ga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizdagi jami yirik korxonalar tomonidan 5 025,0 ming dona avtomobil bamperlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasi hajmi 6 trln 236,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etdi. 

Joriy yilning 18- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami 1 483 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuter soni o‘rtacha 69 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 trln 142,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 15,5 % ga ko‘paydi. 

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlardan qiymati 147,3 mln. AQSH dollarilik mashinalar va transport asbob-uskunalari importini amalga oshirgan bo'lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 12,6 % ga kamaydi. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz boʻyicha 303,6 mln dona tuxum olingan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo'yicha sanoat korxonalari tomonidan 843 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan. Bu ko'rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni o‘rtacha 53 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida 3 trln 680,1 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatida jami 26 745 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, xususiy korxonalar soni 3 419 tani tashkil qildi.