So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- noyabr holatiga Yangiqo‘rg‘on tumanida jami 1478 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 2 trln 740,9 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 174,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Chust tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 32,2 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 532,5 mlrd so‘mgni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 068,9 mln AQSh dollarini tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 95,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 18,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110 % ga yetdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 24 trln 370,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 20- noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov hamda Chust tumani statisitka bo‘limi xodimlari tomonidan Chust tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 15 mln 375,1 ming so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 274,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 3,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan kiritilgan investitsiyalar hajmi 23 trln 395,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.