Alisher Navoiy Bordur inson zotida oncha sharaf – Kim yamon axloqin etsa bartaraf. Rene Dekart Aqlli boʻlish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir. Chenning Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, yaʼni yaxshi, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamogʻi lozim. Abu Rayhon Beruniy Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon koʻrgan kishilarini taʼna qilishadi. Mishel de Monten Birovni oʻrgatishingga oʻzing oʻganishing uchun lozim boʻlgandan koʻra ham koʻproq aql kerak. Alisher Navoiy Kimki kishi oʻlmakidan shod erur, Goʻrkanu gʻosilu jallod erur. Jon Milton Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u oʻzining qusurlaridan koʻra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal koʻradi. Parker Sizni oʻylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir. Abu Rayhon Beruniy Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʻrtaga kirib olishi bilan ish toʻgʻri boʻlmaydi. Frensis Bekon Bilim — kuch. Kuch esa bilimdadir. Alisher Navoiy Xaloyiqqa koʻrma qilib benavo, Oʻzingga ravo koʻrmaganni ravo. Jon Milton Chorasizligi tufayli boshqa odamlarning niyatlari uchun yashaydigan odam yolgʻizlik va azobga mahkumdir. Lebbok Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak boʻlmoq kerak. Abu Rayhon Beruniy Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gʻam-gʻussa boʻlmaydi. Laroshfuko Jismoniy mehnat ruhiy iztiroblarni unutishga yordam beradi, shuning uchun qashshoqlar baxtiyor odamlardir. Alisher Navoiy Oʻz vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, oʻzungdin istagil. Jon Milton Kimki azob va mehnatdan oʻzini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi. Demokrit Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida. Abu Rayhon Beruniy Har bir kun uchun haq va haqiqat hozirgi narsa. Laroshfuko Insonning hamma umidlari chippakka chiqsa, bu ularning doʻstlariga ham, dushmanlariga ham yoqadi. Turgenev Qoʻlga tushganini emas, obdon tanlab — saralab oʻqing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang. Alisher Navoiy Ilmni kim vositayi joh etar, oʻziniyu xalqni gumroh etar. Abdulla Qahhor Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dalol, shirinkomaga vijdonini sotadigan dalol boʻlmasligi kerak. Abu Rayhon Beruniy Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi. Paulo Koelo Azob chekishdan choʻchish, azobning oʻzidan koʻra yomonroq. Olkott Ochganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boyligingni his etgan kitobgina yaxshi kitobdir. Alisher Navoiy Nafʼing agar xalqqa beshakdurur. Bilki, bu nafʼ oʻzungga koʻprakdurur. Abdulla Qahhor Odam oʻzining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi boʻlishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi. Abu Rayhon Beruniy Bugunning chorasini koʻrib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir. Paulo Koelo Bir boʻlgan hodisa boshqa takrorlanmasligi mumkin. Biroq ikki bor roʻy bergan hodisa, albatta, 3-marta ham roʻy beradi.