Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1 587 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 653 ta
- sanoat sohasida – 313 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 168 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 82 ta
- tashish va saqlash sohasida – 79 ta
- qurilish sohasida – 74 ta
- axborot va aloqa sohasida – 38 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 27 ta
- boshqa sohalarda – 153 tani tashkil etgan.