Xalqimiz hayit bayramlarini o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, himmat va saxovat kabi an’analarimizga sodiq tarzda o‘tkazib kelmoqda. Hayit kunlari qarindosh –urug‘, yoru do‘stlar bilan diydorlashsak, keksa yoshdagilarni ziyorat qilib, duolarini olsak, ahillarimizga hayitliklar ushashib, ularning ko‘ngillarini olsak, bu katta savob ishlardandir. Xalqimiz orasida fayzu-barokat, mehru-muhabbat, xayru-saxovatni ziyoda qiladigan hayit kunlarining shukuhi qalblarimizni sira tark etmasin, barchalarimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!
Saxovat, mehr-muruvvat, marhamatlilik, birdamlik kabi oliyhimmat sifatlarni o‘zida mujassam etgan eng Ulug‘ va eng Aziz bayram Ramazon xayiti bayrami barchamizga yana bir bor muborak bo‘lsin!