29/05/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining SIAT statistika integrallashgan axborot tizimi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi oʻrtasida oʻzaro elektron maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

1-dnshgdsh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-6079-son Farmoni, 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-419-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2023-yil uchun statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2023-yil 27-fevraldagi 80-son qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining SIAT statistika integrallashgan axborot tizimi hamda Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi oʻrtasida bojxona sohasiga oid axborotlarni oʻzaro elektron almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

2-oraloralr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining SIAT statistika integrallashgan axborot tizimi va Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi oʻrtasida oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyilishi natijasida Bojxona chegaralari orqali olib oʻtilgan yuklarga oid batafsil axborotlarni elektron tarzda olish imkoniyati yaratildi. Jumladan, unga koʻra, transport turlari boʻyicha olib oʻtilgan yuklar hajmi, tranzit tashuvlar, transport vositalari soni va ularning qaysi mamlakatga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi axborotlarni integratsiya qilish yoʻli orqali elektron qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.

SIAT statistika integrallashgan axborot tizimi va Bojxona qoʻmitasi axborot tizimi oʻrtasida oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyilishi natijasida, bojxona chegaralari orqali olib oʻtilayotgan yuklar va unga taalluqli boshqa maʼlumotlar almashinuvida inson omili natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan faktorlarini toʻliq bartaraf etish, maʼlumotlarni toʻliq va sifatli shakllantirish hamda tahlil qilish imkoniyati yaratildi.

3-aroloa

Axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgunga qadar murojaatga asosan har chorak yakuni boʻyicha maʼlumotlar qabul qilingan. Buning zaif tomoni shundan iborat boʻlganki, ushbu jarayon, yaʼni maʼlumotlarni Bojxona qoʻmitasidan taqdim etilishi bir necha bosqichdan iborat boʻlgan. Axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi natijasida axborot olish har chorak yakuni boʻyicha emas, balki statistik tahlil uchun zarur boʻlgan vaqtda axborotlarni yuklab olish imkoniyati yaratildi. 

Bu oʻz navbatida, axborot almashinuvi real vaqt rejimida, inson omili ishtirokisiz ishlashi statistik tahlillarning tezkor va sifatli amalga oshirilishiga katta zamin yaratmoqda.

Bundan tashqari, tomonlar barcha zarur texnik va takomillashtirish ishlarini mustaqil yoki oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradilar. Xatolik va nosozliklar yuzaga kelganda, axborot tizimiga kirish imkoniyati mavjud boʻlmagan holatlarda tomonlar darhol xabardor qilish boʻyicha barcha harakatlarni amalga oshirishlari zarur.

4-nsnimok

Elektron maʼlumot almashish tizimini ishlab chiqish jarayonida tomonlar oʻzaro kelishgan holda maʼlum bir texnik tafsilotlarga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega hisoblanadi. Oʻzgarishlar kiritilgan taqdirda tomonlar oʻzgarishlar haqida xabardor kilinishi kerak boʻladi. Soʻrov va javobning xususiyatlari yoki tarkibiga oʻzgartirish kiritish zarurati paydo boʻlganda tomonlar ushbu oʻzgartirishlarni kelishilgan tartibda ishchi holatda amalga oshiradilar.