O‘zbekistonda 2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 425 958 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 422 282 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 83 333 ta
Toshkent viloyatida – 39 293 ta
Samarqand viloyatida – 38 327 ta
Farg‘ona viloyatida – 36 522 ta
Qashqadaryo viloyatida – 32 770 ta
Andijon viloyatida – 27 587 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 150 709 ta
sanoat sohasida – 75 357 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 590 ta
qurilish sohasida – 35 637 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 729 ta