18/07/2023

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2023- yil 1- iyul holatiga 3 mln. 28 ming 300 kishini tashkil etib, 2023- yil boshidan 30,7 ming kishiga yoki 1,0 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 964,5 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,9 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 63,8 ming kishini (35,1 %) tashkil etdi.

Shuningdek, doimiy aholining 1 mln 539 ming nafarini erkaklar, 1 mln 489,3 ming nafarini ayollar tashkil etgan. Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Namangan shahrida 369,7 ming nafar, Chust 282,2 ming nafar va To‘raqo‘rg‘on 242,2 ming nafar ekanligi qayd etildi.