31/07/2023

Uychi tumanida 2023- yilning 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 229,4 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 5,1 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,0 %ini erkaklar 50,0 %ini ayollar tashkil etadi.

2023 yilning yanvar- iyun oylarida tug‘ilganlar soni 2814 kishini, vafot etganlar soni 591 kishini tashkil qilgan.

Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 438 ta nikohlar va 181 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Uychi tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 102 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 139 kishini tashkil qilgan.