18/09/2023

Bugungi kunda viloyatimiz muzeylarida turli xildagi buyumlar va eksponatlar mavjud bo‘lib, 2022- yilda muzeylardagi jami asosiy fond eksponatlari soni 27,4 mingtani tashkil etgan. Muzey eksponatlarining 0,3 mingtasi rassomlik, 0,05 mingtasi grafika, 0,5 mingtasi amaliy san’at, 3,6 mingtasi numizmatika, 0,5 mingtasi arxeologiya buyumlari, 8,5 mingtasi suratlar, 9,9 mingtasi hujjatlar, 0,8 mingtasi maishiy va etnografik buyumlar va 3,3 mingtasi boshqa eksponatlardan iborat.