Viloyatimizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 261 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 273 ta
- sanoat sohasida – 637 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 343 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 169 ta
- qurilish sohasida – 149 ta
- tashish va saqlash sohasida – 143 ta
- axborot va aloqa sohasida – 77 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 69 ta
- boshqa sohalarda – 401 tani tashkil etgan.