29/11/2023

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar 711 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 324,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 %ga yetgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning ulushi 2,3 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida bu borada eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar Namangan shahrida 152,9 mlrd. so‘mni, To‘raqo‘rg‘on 42,7 mlrd. so‘mni hamda Chortoq tumani 35,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.