29/11/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8 trln. 405,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. O‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 108,9 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Namangan shahrida 2 trln. 303,5 mlrd. so‘m, Chust tumanida 687,5 mlrd. so‘m hamda Uychi tumanida 662,6 mlrd. so‘m qayd etildi. Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushga ega bo‘lgan turlari savdo xizmatlari 42,0 %ni transport xizmatlari 25,6 %ni hamda shaxsiy xizmatlar 9,9 %ni tashkil etgan.