29/11/2023

2023-yil yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 2 trln. 464,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 431,2 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatilgan. Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 92,0 % ni, sug‘urta xizmatlarining ulushi 5,5 % ni va yordamchi moliyaviy xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 2,5 % ini tashkil etdi. Ma’lumot o‘rnida, 2023-yilning o‘tgan davrida moliyaviy xizmatlarning bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 17,1 % ni tashkil etdi.