2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 12 977,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 4,6 %ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 39,4 %ni tashkil etdi.