Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2023-yil yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 786,0 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari hajmining 16,5 % ini) tashkil etadi. 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 222,3 mlrd so‘mga ko'payganligi kuzatildi.