O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni 2019-yil 21-noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 2020-yil 28-fevralda Senat tomonidan ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020-yil 16-mart kuni O‘RQ-611-son bilan qayd etilgan.
Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun 5-bob, 31-moddadan iborat bo‘lib, har bir bob, har bir moddalarda aniq mezonlar belgilab berilgan. 1-bob: Umumiy qoidalar bo‘lib 11 moddadan, 2-bob: Aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish bo‘lib, 7 moddadan, 3-bob: Respondentlarning hamda ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari bo‘lib, 2 moddadan, 4-bob: Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘lib, 6 moddadan, 5-bob: Yakunlovchi qoidalar bo‘lib, 5 moddadan iboratdir. Masalan 1-bob 10-moddada “Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi” deb belgilangan, 2-bob 12-moddada “Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasida maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi” deb belgilangan. 3-bob 19-moddasida esa Respondentlarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
Respondentlar: o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish;
o‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, ro‘yxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;
ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa — ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermaslik;
ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega.
Respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi shart va shu bilan birgalikda manashu bob 20-moddasida. Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:
ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish huquqiga ega.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi;
o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi;
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida Aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shart.