08/02/2024

Joriy yilning 7-8 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Namangan viloyati Statistika boshqarmasi hamkorlikda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarda yillik Statistika hisobotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda institutning "Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar" kafedrasining dotsenti N. M. Sunnatov, Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari tomonidan e-Stat 4.0 onlayn axborot tizimi, 1-KB Korxona va tashkilotlarning yillik hisoboti va 1-FX Fermer xo‘jaligi tashkilotlarining yillik hisobot shakllari, ularni to‘liq to‘ldirish va statitika organlariga taqdim etish masalalari bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mutaxassislari tomonidan statistika hisobotlarini sifatli to‘ldirish borasidagi mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Muloqot davomida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.