2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi hajmi 2 718,7 ming so'mni tashkil etib, o'sish sur'ati o'tgan yilning mos davriga nisabatan 119,1 %ga yetdi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Uchqo‘rg‘on (4 347,8 ming so‘m), Yangiqo‘rg‘on (3 049,6 ming so‘m), To‘raqo‘rg‘on (2 904,4 ming so‘m) da kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tumanlari Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi. Chortoq (2146,3 ming so‘m) hamda Pop (2202,8 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.