29/02/2024

2024- yilning yanvar oyida Pop tumanining tashqi savdo aylanmasi 3,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 124,7 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 1,3 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 2,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida Pop tumanining qo'shgan ulushi 3,5 %ga to'g'ri kelmoqda.